Samarqandda drift bo‘yicha O‘zR birinchi chempionati bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Iyun o‘rtalarida
Rasm: Unsplash

14-16-iyun kunlari «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida drift bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zA axborot agentligi.

Musobaqa O‘zbekiston Avtosport va karting federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Drift – burilish texnikasi bo‘lib, unda haydovchi mashinani boshqariladigan driftga olib boradi. Ushbu haydash uslubi Yaponiyada paydo bo‘lgan.

Drift musobaqalari butun dunyoda o‘tkaziladi. Xususan, har yili drift bo‘yicha FIA Interkontinental kubok musobaqasi o‘tkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshida Xivada 15 mamlakat og‘ir atletikachilari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek