Usmonovga Tegernze ko‘lidagi villa egasi deb nom berish taqiqlandi

eʼlon qilindi
Milliarder Germaniyada sudda g‘alaba qozondi
Rasm: Andrey Yepihin / TASS

Germaniya sudi mahalliy Tegernseer Stimme (Tegernze ovozi) nashriga kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Tegernze ko‘lidagi villaga ega ekanligi haqidagi ma’lumotni tarqatishni taqiqladi, deb xabar berdi EU Today portali.

Bu ma’lumot Forbes’ga Usmonov vakillari tomonidan tasdiqlangan.

Tegernseer Stimme 2017-yilda Usmonovning Tegernze ko‘lidagi mulki haqida maqola chop etgan. Advokatlar nashr ustidan shikoyat qilishdi.

RBK xabariga ko‘ra, sud qaroridan so‘ng ushbu taqiqni buzgan har bir holat uchun 250 ming yevrogacha jarima belgilanishi mumkin. Muqobil jazo – olti oygacha hibsga olish.

Usmonov 2022-yilda Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan sanksiyalar ostida qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil mart oyida Usmonov Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahri Bosh prokuraturasi tomonidan sodir etilgan jinoiy huquqbuzarlik yuzasidan ariza bergan.

Shuningdek