«UzAirways» Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻymoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Qo‘shimcha reyslar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi
                    
                            
«Uzbekistan Airways» Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan respublika ichida qoʻshimcha aviayoʻnalishlarni yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qoʻshimcha reyslar:
- Toshkent — Namangan — Toshkent – 15-iyun kuni;
- Toshkent — Buxoro — Toshkent – 15, 17, 18-iyun kunlari;
- Toshkent — Termiz — Toshkent – 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;
- Toshkent — Samarqand — Toshkent – 16-iyun kuni;
- Toshkent — Urganch — Toshkent – 16, 18-iyun kunlari;
- Toshkent — Fargʻona — Toshkent – 17-iyun kuni.
Parvoz jadvali bilan tanishish va aviachiptalarni aviakompaniya saytida, «Uzbekistan Airways Sales» filialida va aviakompaniya agentlarida sotib olish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Qurbon hayiti bayrami 16-iyunga toʻgʻri kelishi haqida xabar bergan edi.
