Yangiliklar

«UzAirways» Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

Qo‘shimcha reyslar Toshkent va 6 ta viloyat o‘rtasida amalga oshiriladi
Foto: UzAirways

«Uzbekistan Airways» Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan respublika ichida qoʻshimcha aviayoʻnalishlarni yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qoʻshimcha reyslar:

  • Toshkent — Namangan — Toshkent – 15-iyun kuni;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent – 15, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent – 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Samarqand — Toshkent – 16-iyun kuni;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent – 16, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Fargʻona — Toshkent – 17-iyun kuni.

Parvoz jadvali bilan tanishish va aviachiptalarni aviakompaniya saytida, «Uzbekistan Airways Sales» filialida va aviakompaniya agentlarida sotib olish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Qurbon hayiti bayrami 16-iyunga toʻgʻri kelishi haqida xabar bergan edi.