13-iyun kuni respublikada 34-37 daraja issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Фото: Piqsels

Bugun, 13-iyun kuni Toshkentdan tashqari har bir viloyatda kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Farg‘ona vodiysining viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 34-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 32-34 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo 19-24 daraja iliq va kechasi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Shuningdek