AQSH Federal zaxira tizimi ketma-ket yettinchi marta yillik stavkani oʻzgartirishsiz qoldirdi

eʼlon qilindi
FZT 2023-yil iyulidan beri stavkani shu darajada ushlab turibdi
Foto: kle1njke@gmail.com / depositphotos.com

11–12-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ikki kunlik yigʻilishdan soʻng mamlakat Markaziy banki boʻlgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) stavkani yillik 5,25-5,5 foiz darajasida qoldirdi. Bu haqda regulyator press-reliziga tayanib «RBK» nashri xabar bermoqda.

Federal zaxira tizimi 2023-yil iyulidan beri stavkalarni shu darajada ushlab turibdi.

Qayd etilishicha, stavkaning bir xil darajada saqlanib qolishi kutilgan edi. Treyderlarning atigi 0,1 foizi stavkaning 25 bazaviy punktga, ya’ni 5-5,25 foiz kamayadi deb hisoblagan.

Yigʻilishdan keyingi xabarda FZT iqtisodiy faollik kuchli sur’atlarda oʻsishda davom etayotganini ta’kidladi. Ish oʻrinlarining oʻsishi kuchli va ishsizlik darajasi pastligicha qolmoqda. Yuqoriligicha qolishiga qaramasdan oʻtgan yil davomida inflyatsiya pasaydi.

FZT inflyatsiya barqaror ravishda 2 foizga oʻtishiga ishonch hosil boʻlmaguncha maqsadli diapazonni qisqartirishdan foyda koʻrmasligini yana bir bor ta’kidladi.

Avvalroq Kanada banki, Shvetsiya banki va Shveysariya banki ushbu siklning birinchi stavkasini pasaytirishni e’lon qilgan edi. Oʻtgan hafta Yevropa Markaziy banki ham 2019-yildan beri birinchi marta stavkalarni pasaytirdi.

Avvalroq XVJ Osiyo markaziy banklariga FZTʼga kamroq e’tibor qaratishni maslahat bergan edi.

Shuningdek