Yangiliklar

Asia Alliance Bank Rossiya rezidentlari bilan bog‘liq barcha valyuta operatsiyalarini to‘xtatdi

AQSh sanksiyalari paketi yangilanishi munosabati bilan
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

AQSh sanksiyalari paketi yangilanishi munosabati bilan Asia Alliance Bank Rossiya rezidentlari bilan bog‘liq barcha valyuta operatsiyalarini to‘xtatdi. Bu haqda bankning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

«Sizdan to‘lovlarni qayta tiklash bo‘yicha qo‘shimcha e’lonlarni kutishingizni so‘raymiz. Yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddamiz», deyiladi xabarda.

Shuni aytish kerakki, bank keyinchalik bu yangilikni Telegram kanalidan olib tashladi. Bank aloqa markazi vakili «Kursiv»ga xabarga qo‘shimchalar kiritilayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva birjasi (MOEX) chorshanba kuni AQSh G‘aznachiligi uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritganidan so‘ng dollar va yevrodagi savdoni to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Rossiya banklarida xorijiy valyutani avvalgidek sotish mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Rossiya Markaziy banki.

Rossiya valyuta bozorida dollar savdosida vositachi bo‘lgan Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi ham Amerika sanksiyalariga duchor bo‘ldi.