DABA ikkita kompaniyani sotish uchun konsultantlarni qidirmoqda

eʼlon qilindi
Hujjatlar 27-iyungacha qabul qilinadi
Rasm: tan90246/Depositphotos

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Avtooyna» va «Uz-Koram Kompani» kompaniyalarining 100 foizlik aksiyalarini xususiylashtirish bo‘yicha konsultantlar tanlovini e’lon qildi. Bu haqda agentlik portalida xabar e’lon qilindi.

DABA ta’kidlaganidek, konsultantlardan arizalar 27-iyungacha qabul qilinadi.

«Avtooyna» korxonasi avtomobillar uchun oyna, «Uz-Koram Kompani» esa avtomobil bamperlarini ishlab chiqaradi.

Avvalroq «Kursiv» «Yulreftrans» davlat ulushi joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida yozgan edi. 11,2 mingga yaqin aksiyalarni sotish rejalashtirilgan.

Shuningdek