Paynet Crypto litsenziyasi to‘xtatildi

eʼlon qilindi
10 kunga
Rasm: Stable Diffusion

Paynet Crypto kripto depozitariysining litsenziyasi o‘n kunga to‘xtatildi, deb xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

Kompaniya litsenziyasini to‘xtatish haqidagi qaror 12-iyun, chorshanba kuni kuchga kirdi, deya ta’kidladi agentlik.

ILMA vakilining «Kursiv»ga bergan xabariga ko‘ra, litsenziya faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli to‘xtatilgan.

Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, kriptodepozitariy faoliyat olib borishi uchun har oy 5 BHM to‘lashi kerak, aks holda litsenziya to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Paynet Crypto mamlakatimizda kriptodepozitariy ochishga ruxsat berilgan ikkinchi kompaniya bo‘ldi. Bundan oldin «ILMA Locktown Hub»ga litsenziya bergan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda rasmiy kriptovalyuta bozori o‘sib borayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek