Jahon banki Oʻzbekistonda energetika sohasidagi islohotlar uchun $7,5 million ajratdi

eʼlon qilindi
iCRAFT loyihasi doirasida
Foto: kyolshin / Depositphotos

Jahon banki energetika sohasini isloh qilish uchun Oʻzbekistonga $7,5 million miqdoridagi birinchi grant mablag‘lari ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Grant «Oʻzenergosotish» kompaniyasini qoʻllab-quvvatlash va muhtoj Oʻzbekiston fuqarolarining uylariga quyosh panellarini oʻrnatishga yoʻnaltiriladi.

Mablagʻ issiqxona gazlari emissiyasini (iCRAFT) kamaytirishga qaratilgan loyihalar uchun ajratilgan.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz issiqxona gazlari chiqindilarini oʻlchashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, iCRAFT loyihasi Oʻzbekistonda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dunyodagi birinchi global tashabbus hisoblanadi. Islohotlar natijasida issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishga va ularning bir qismini xalqaro bozorlarda savdosini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Osiyo taraqqiyot banki iqlimni yaxshilash uchun deyarli $10 milliard ajratgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek