Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan Oʻzbekistonga keldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Oliy darajali mehmon 13 – 15-iyun kunlari OʻzRda boʻladi
                    
                            
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 13-iyun kuni rafiqasi bilan birga Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan soʻng Janubiy Koreya prezidenti turmush oʻrtogʻi hamrohligida oʻzlari uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.

Ma’lumot uchun, oliy darajali mehmon 13 – 15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi.
