MediaTek Windows qurilmalari uchun protsessor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Protsessor SI vositalari bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi
Foto: ChinaImages / www.depositphotos.com

Tayvanning smartfon qoʻshimchalarini ishlab chiqaruvchi «MediaTek» kompaniyasi Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlar uchun Arm arxitekturaga ega protsessorni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Reuters» bir necha manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Jurnalistlar ishlab chiqilayotgan chip sun’iy intellekt vositalari bilan ishlashga moʻljallanganini aniqladi. Protsessor 2025-yil oxirida bozorga chiqishi mumkin.

Qayd etilishicha, Windows qurilmalarini Arm protsessorlari uchun optimallashtirish qarori «Intel» kompaniyasining shaxsiy kompyuterlar bozoridagi uzoq muddatli hukmronligiga tahdid solishi mumkin.

Ma’lumot uchun, MediaTek aksiyalari chorshanba kungi savdolar yakunida 2,4 foizga qimmatlashdi.

MediaTek — ma’lumotlarni saqlash tizimlari, aloqa va navigatsiya qurilmalari uchun komponentlarni ishlab chiqaruvchi Tayvan kompaniyasi.

Avvalroq «Kursiv» aprel oyida Google oʻzining Armʼga bazasiga asoslangan chiplarini e’lon qilgan edi.

Shuningdek