Yangiliklar

Yengil avtomobillar savdosi yana o‘sishni boshladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlarig ko‘ra
Rasm: Piqsels

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozorining so‘nggi tahlilini taqdim etdi. Joriy yilning may oyida u 14 foizga o‘sdi va 101 ming donani tashkil etdi.

Qisqa muddatda ijobiy dinamikaga qaramay yillik ko‘rsatkichlar faollikning 35,4 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda. Biroq may oyi yengil avtomobillar bozorida tiklanishning birinchi belgisi bo‘lib, 14 foizga o‘sdi (jami 90 mingta avtomobil sotilgan).

Hududiy tahlillar Surxondaryo (62,7 foiz), Navoiy (25,6 foiz) va Farg‘ona (19,6 foiz) viloyatlarida savdo hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatmoqda.

Ammo yengil avtomobillar savdosi yiliga 36,5 foizga kamaydi. Ushbu pasayishni ikkilamchi bozor ulushining sezilarli darajada pasayishi bilan izohlash mumkin, bu ham shu davrda 1,8 baravar kamaydi.

May oyida birlamchi bozorda yangi yengil avtomobillar sotuvi aprel oyiga nisbatan qariyb 45,5 foizga oshib, qariyb 29 ming donaga yetdi. Lekin yillik ko‘rsatkichlar faollikning 13,6 foizga pasayishini ko‘rsatadi. Trendda oʻzgarish kuzatilmoqda: mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi qariyb 2 baravar koʻpayib, 26 ming donadan oshdi, o‘tgan yilining shu davrida esa ushbu segmentdagi faollikning 12,4 foizga pasayishi qayd etilgan edi.

May oyida xorijiy yengil avtomobillar savdosi 20 foizga oshib, 2,4 ming donani tashkil qildi. Vaholanki, o‘tgan yilga nisbatan ushbu toifadagi avtomobillar sotuvi qariyb chorak qismga qisqargan.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida faollikning 3,4 foizga o‘sishi qayd etildi, bu esa ushbu segmentda bir oy davomida 61 mingga yaqin avtomobillar sotilishiga olib keldi. Vaholanki, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan yillik pasayish deyarli 1,7 barobarni tashkil qilgan.

Elektromobillar segmenti yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etishda davom etmoqda: sotuvlar o‘tgan yilning may oyiga nisbatan ikki baravar oshdi.

May oyida elektr transport vositalarining savdosi o‘sishda davom etdi va aprel oyiga nisbatan 1,3 baravar o‘sdi va rekord darajadagi 3,8 ming donani tashkil etdi. O‘tgan yilning may oyiga nisbatan sotuvlar 2 baravar ko‘paydi. Toshkent shahri ushbu segmentda yaqqol peshqadamga aylandi va mamlakatdagi umumiy elektromobillar savdosining 76 foizdan ortig‘ini tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy O‘zbekistonga elektromobillar eksportini oshirishi haqida e’lon qilgan edi.