May oyida o‘zbekistonliklarning so‘mga ishonchi oshdi

eʼlon qilindi
Devalvatsiya kutilmalari rekord darajagacha zaiflashdi
Devalvatsiya surati rekord darajagacha zaiflashdi
Rasm: depositphotos

«Freedom Finance Global» ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin 12 oy ichida dollar kursi oshishiga ishongan fuqarolar ulushi 71,4 foizdan 63,4 foizga kamaydi. Bu 2023-yil noyabridan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Keyingi oyda so‘mning zaiflashishini kutayotganlar ulushi 53,5 foizdan 43,5 foizga qisqardi.

Shu bilan birga, may oyida so‘m dollarga nisbatan atigi 0,1 foizga mustahkamlandi.

Iste’molchilar ishonchi, Markaziy Osiyo aholisining inflyatsiya va devalvatsiyasi bo‘yicha may oyidagi so‘rov natijalari haqida «Kursiv» maqolasida o‘qing.

Shuningdek