Qurbon hayiti kuni Toshkentda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi

eʼlon qilindi
03:00 dan 10:00 gacha
Rasm: emkaplin / www.depositphotos.com

Toshkent shahrida 16-iyun kuni ertalab – Qurbon hayiti namozi vaqtida jamoat transporti bepul ishlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Avtobuslar va metro soat 03:00 dan 10:00 gacha dindorlarni masjidlarga bepulga olib boradi.

Bu qaror poytaxt aholisi va mehmonlari bayramni «ko‘tarinki ruhda» nishonlashlari uchun qabul qilingan.

Avvalroq «Kursiv» nashri poytaxtda bayram namozi soat 05:10 da boshlanishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek