Toshkent shahrida 16-iyun kuni ertalab – Qurbon hayiti namozi vaqtida jamoat transporti bepul ishlaydi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Avtobuslar va metro soat 03:00 dan 10:00 gacha dindorlarni masjidlarga bepulga olib boradi.
Bu qaror poytaxt aholisi va mehmonlari bayramni «ko‘tarinki ruhda» nishonlashlari uchun qabul qilingan.
Avvalroq «Kursiv» nashri poytaxtda bayram namozi soat 05:10 da boshlanishini e’lon qilgan edi.