“Toshkent – Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi
eʼlon qilindi
15, 16, 17-iyun kunlari

Qurbon hayiti munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15, 16, 17-iyun kunlari 775/776-sonli «Samarqand — Toshkent — Samarqand» yoʻnalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» axborot xizmati xabar berdi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli «Samarqand — Toshkent» yoʻnalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli «Toshkent — Samarqand» yoʻnalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda eticket.railway.uz orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» UzAirways Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.
⠀