Toshkent shahri hokimiga oʻrinbosarlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Toshkent shahri hokimligi. Baxtiyor Xaydarov (chapda) va Sanjar Tadjiyev.

Baxtiyor Xaydarov va Sanjar Tadjiyev Toshkent shahri hokimiga oʻrinbosarlar etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xaydarov Baxtiyor Xalimovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U 1989-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavriat, 2012-yilda magistratura yoʻnalishlarida tamomlagan.

Bunga qadar OʻzR prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tadjiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Tadjiyev 1981-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bakalavriat, 2006-yilda magistratura yoʻnalishlarida tamomlagan.

Bunga qadar «The Mob» MCHJ da bosh direktor lavozimida ishlagan.

Avvalroq «Kursiv» Sirdaryoning Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek