14-iyun kuni O‘zbekistonda +37 daraja issiq bo‘ladi
eʼlon qilindi
Kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Bugun, 14-iyun kuni poytaxt va Farg‘ona vodiysidan farqli o‘laroq har bir viloyatda kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 32-34 issiq va kechasi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 19-24 daraja iliq va kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.