Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Qurbon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar toʻrt kun – 15-iyundan 18-iyungacha dam oladi. Shu kunlarda quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi:
BRB;
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Avvalroq «Kursiv» bayram kuni Toshkent shahrida masjidlarga yaqin boʻlgan yoʻllarda transportlar harakati vaqtincha cheklanishi haqida xabar bergan edi.