Bugun futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga start beriladi

eʼlon qilindi
Birinchi uchrashuv 15-iyun kuni soat 00:00 da boshlanadi
Rasm: UEFA

15-iyun kuni Germaniya mezbonligida «Yevro – 2024» o‘yinlariga start beriladi. Ochilish o‘yinida Germaniya terma jamoasi Shotlandiya vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 15-iyun kuni soat 00:00 da «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«A» guruhidan joy olgan Vengriya – Shveytsariya bahsi ertaga soat 18:00 da boshlanadi. «B» guruhining birinchi turida Ispaniya jamoasi Xorvatiyaga qarshi to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, «Yevro – 2024» musobaqasida oltita guruh yig‘ilgan, har bir guruhda to‘rtadan jamoa shakllangan. Har bir terma jamoa o‘z guruhida uchta o‘yin o‘tkazadi va eng ko‘p ochko to‘plagan ikki jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan «Yevro – 2020» o‘yinlarida Italiya terma jamoasi chempion bo‘lgan edi. Ular finalda Angliya vakillari ustidan g‘alaba qozonishgan.

Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij Olimpiya o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek