Yangiliklar

Humo toʻlov tizimini xususiylashtirish boʻyicha konsultant tanlovi e’lon qilindi

Arizalar 26-iyungacha qabul qilinadi
Foto: «Kursiv»

Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qiladi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Konsultantlar aktivning tarmoq hamda individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sohadagi institutsional investorlarni aktivni sotib olishga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganish asosida xususiylashtirish usuli va shartlarini ishlab chiqishlari lozim boʻladi

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2024-yil 26-iyun kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tender@davaktiv.uz elektron pochtasiga taqdim etish soʻraladi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 21-may kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan har birining nominal qiymati 1 ming soʻmdan boʻlgan, umumiy qiymati 155,4 mlrdlik 448 748 oddiy aksiyalar DABA tomonidan boshqariladi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragida Humo toʻlov tizimining sof foydasi 37,4 milliard soʻmga yetgani haqida xabar bergan edi.