Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi
eʼlon qilindi
13-iyun kuni

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Kartadinata 13-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Elchixona uning oʻlimi sababiga aniqlik kiritmadi. U bir vaqtning oʻzida Indoneziyaning Qirgʻizistondagi elchi ham hisoblangan.
Ma’lumot uchun, Sunario Kartadinata 2019-yil yanvar oyida Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatining sobiq hokimi Baxrom Haydarov qamoqxonada vafot etgani haqida xabar bergan edi.