Yangiliklar

Kinematografiya agentligi o‘zbekistonlik striptizchi ishtirokidagi «Anora» filmiga izoh berdi

Film “Oltin palma yaprogʻi”ni oldi
Foto: Meduza

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi joriy yilning may oyida Kannda «Oltin palma yaprogʻi»ni olgan «Anora» filmi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Kim bilsin, balki Oʻzbekistonimizning ulugʻvor bunyodkorlik ishlari, shijoat bilan ketayotgan islohotlari Uchinchi renessans poydevorini qurish yoʻlidagi jonbozliklari, oʻsha film ijodkorlarini yo hasad yoki gʻaraz tuygʻulari bilan oʻralgan boʻlsa ajab emas», deyiladi xabarda.

Anoraning rossiyalik oligarx bilan munosabatlari tasvirlangani ham tanqidga uchradi. Agentlik O‘zbekiston xalqi sha’niga dog‘ tushishiga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi.

«Anora» komediya-drama filmi amerikalik rejissyor Shon Beyker tomonidan suratga olingan. Film asli o‘zbek striptizchi va Ivan ismli yosh rossiyalik milliarder haqida hikoya qiladi.

Filmdagi Anora rolini 25 yoshli amerikalik aktrisa Mayki Medison ijro etgan. U, shuningdek, Kventin Tarantinoning «Qichqiriq» va «Bir paytlar Gollivudda» kabi filmlarida ham suratga tushgan.

Avvalroq «Kursiv» Artdocfest/Asia festivali tashkilotchilari tadbirni Toshkentda noqonuniy o‘tkazgani haqida yozgan edi.