Oʻzbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotlarni imzoladi
Muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Seok Yol maxsus strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladi.
Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, jumladan, Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasi bilan kelishuv, Koreyaning Eksport-import banki hamda Hyundai Rotem bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish boʻyicha shartnomalar qabul qilindi.
Koreya Eksport-import banki bilan umumta’lim maktablarida ilmiy va axborot-kommunikatsiya ta’limi uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash boʻyicha bitim, shuningdek, «Toshkent Farma Park» innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolandi.
Shu bilan birga, tomonlar savdo, madaniyat va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikka oid kelishuvlarga erishdi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi savdo aylanmasi $2,5 mlrdni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.