Shu hafta davomida «Asia Alliance Bank» Rossiya fuqarolari uchun valyuta operatsiyalarini toʻxtatganini e’lon qildi. Keyinchalik moliyaviy tashkilot bu xabarni notoʻgʻri ekanini ta’kidladi.
“Kursiv» nashri Oʻzbekistondagi qaysi banklar Rossiya fuqarolari uchun kartalar ochayotgani, Rossiyaga pul oʻtkazmalarini amalga oshirilayotgani hamda rubl sotib olish va sotayotganini aniqlashga qaror qildi.
«Oʻzmilliybank»ning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati Rossiya Federatsiyasi rezidentlari bank kartasini ochishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Buning uchun vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik va ish joyidan guvohnoma talab qilinadi. Shuningdek, bank Rossiya banklariga pul oʻtkazishni ham amalga oshiradi.
Rossiyaliklar «Agrobank» va «Xalq banki»da kartalarni rasmiylashtirishlari mumkin. Ikkala bank ham mijozlarga Rossiyaga pul oʻtkazish xizmatlarini taqdim etmaydi.
Rossiya rezidentlari «Kapitalbank»dan ham karta ochishlari mumkin. Ushbu moliyaviy tashkilot Rossiya banklariga pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi.
Agar roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, Rossiya fuqarolari «Asakabank» va «Mikrokreditbank» kartalar ochish imkoniyatiga ega. Ikkala moliya instituti ham Rossiyaga pul joʻnatmalarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga «Aloqabank», «Asia Alliance Bank» va «Anorbank»dan ham kartalar rasmiylashtirish mumkin. Agar Rossiya banklariga pul oʻtkazmalari haqida gapiradigan boʻlsak, «Asia Allianceʼ» va “Anorbank» tomonidan amalga oshiriladi va «Aloqabank» mijozlarga bunday xizmatni taqdim etmaydi.
«Turon bank» va «Trustbank» rossiyaliklarga kartalar rasmiylashtirmaydi, lekin ikkala moliya instituti ham Rossiya Federatsiyasiga pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi.
Besh kun ichida «Davr bank» kartalarni roʻyxatdan oʻtkazadi. Lekin pul oʻtkazmalarni amalga oshirmaydi.
«TBC Bank» rossiyaliklarga Oʻzbekistonda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, karta ochishga ruxsat beradi. Ushbu bank pul oʻtkazmalarini amalga oshirmaydi.
Rossiya rezidentlari uchun «Ziraat bank», «Universal bank», «Uzum bank» va «AVO bank» kartalar ochmaydi. Ushbu banklardan faqat «Uzum bank» Rossiya banklariga pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi.
Rossiya Federatsiyasi fuqarolari agar yashash uchun ruxsatnomasi boʻlsa, «Garant bank» va «Hayot bank»da ham karta ochishlari mumkin. Biroq «Hayot bank» pul oʻtkazmalari xizmatini taqdim etmaydi.
Rublni qaysi banklardan sotib olish va sotish mumkin?
13-iyun holatiga koʻra, bir Rossiya rubli «Oʻzmilliybank»da 130 soʻmdan xarid qilinib, 145 soʻmdan sotilmoqda.
«Asaka bank»da Rossiya milliy valyutasi 170 soʻmdan sotilishi mumkin edi. Lekin bank hozircha rubl sotib olmayapti.
«Kapitalbank»da rubl 132 soʻmdan xarid qilinib, 148 soʻmdan sotilmoqda.
«Xalq banki»da rubl sotib olish va sotish imkoniyati toʻxtatildi. «Mikrokreditbank» mijozlarga bunday xizmatlarni taqdim etmaydi.
«Aloqa bank»da bir rubl 175 soʻmdan xarid qilinib, 195 soʻmdan sotilmoqda. «Turon bank»da esa 200 soʻmdan sotib olinib, 70 soʻmga sotilmoqda.
«Trastbank»da rublni sotib olish kursi 50 soʻm, sotish kursi esa 150 soʻm, «Asia Alliance Bank»da mos ravishda 133 va 145 soʻm.
«Anor bank»da rublni xarid qilish kursi 142 soʻm, sotish kursi 140 soʻm. «Universal bank» Rossiya valyutasini 143 soʻmdan, «Garant banki» 170 soʻmdan sotmoqda. Ikkala moliyaviy tashkilot ham rubl sotib olmagan.
«Hayot bank»da rubl 100 soʻmdan sotib olinsa, 142 soʻmdan, «Uzum bank»da 175 va 132 soʻmdan sotilmoqda.
«AVO bank», «TBC bank», «Davr bank» va «Agrobank» rublni sotib olish va sotishni vaqtincha yoki butunlay toʻxtatdi.
Avvalroq «Kursiv» may oyida Oʻzbekiston Markaziy banki 11 bankni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.