"Qanot Sharq" aviakompaniyasi Qarshidan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Parvozlar haftaning payshanba kuni bo‘ladi
Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekistonning «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Qarshi – Istanbul – Qarshi yoʻnalishi boʻyicha qatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qanot Sharq samolyotlari haftada bir kun — payshanba kunlari shaharlar oʻrtasida parvozni amalga oshiradi.

Kompaniya 13-iyun kuni birinchi parvozini amalga oshirdi. Shu munosabat bilan Qarshi shahrida yoʻlovchilarni kutib olish marosimi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, kompaniya 1998-yilda tashkil qilingan.

Avvalroq «Kursiv» Qanot Sharq Namangandan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek