Oʻzbekistonning «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Qarshi – Istanbul – Qarshi yoʻnalishi boʻyicha qatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qanot Sharq samolyotlari haftada bir kun — payshanba kunlari shaharlar oʻrtasida parvozni amalga oshiradi.
Kompaniya 13-iyun kuni birinchi parvozini amalga oshirdi. Shu munosabat bilan Qarshi shahrida yoʻlovchilarni kutib olish marosimi tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, kompaniya 1998-yilda tashkil qilingan.
Avvalroq «Kursiv» Qanot Sharq Namangandan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.