Shaxmat bo‘yicha "UzChess Cup – 2024" turnirining "Masters" guruhi g‘olibi aniqlandi

eʼlon qilindi
Va $25 ming mukofot bilan taqdirlandi
Rasm: UzChess Telegram kanali

6-iyun kuni Toshkent shahrida start olgan sovrin jamg‘armasi $166 mingni tashkil qiluvchi «UzChess Cup – 2024» turniring «Masters» guruhida Nodirbek Yoqubboyev so‘nggi turda bahsni durang bilan yakunlab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi «Uzchess» telegram kanali.

Nodirbek Abdusattorov bilan ochkolari teng bo‘lgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yoqubboyev kuchliroq edi.

G‘olib $25 ming mukofot bilan taqdirlandi, ikkinchi o‘rinni egallagan Nodirbek Abdusattorov $20 ming va uchinchi o‘rinda Yu Yangyi $15 ming bilan taqdirlandi.

Turnir ishtirokchilari uch guruhga bo‘lingan edi. «Masters – Elo» reytingi 2700 dan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar, «Challengers – Elo» reytingi 2600 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar va «Futures» – bu «Elo» reytingi 2500 yoki undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar.

Avvalroq «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov «Superbet Poland – 2024» turnirida oltinchi oʻrinni egallaganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek