UzAuto Motors tomonidan Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy etilmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Chevrolet Onix avtomobili:
Dastlabki toʻlov – 50 foiz;
Oylik toʻlov – 3,7 mln soʻmdan;
Muddati – 24 oy.
Chevrolet Tracker:
Dastlabki toʻlov – 60 yoki 70 foiz;
Oylik toʻlov — 24 oyga 70 foiz badal bilan 2,7 mln soʻmdan, 60 foiz badal bilan esa 18 oyga 4,9 mln.
Ma’lumot uchun, mazkur taklif bugun, 14-iyundan boshlab amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar-aprel oylari Oʻzbekistonda qariyb 17,2 ming dona Tracker va 11,5 mingta Onix avtomobillari ishlab chiqarildi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda Cobalt ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshgani haqida xabar bergan edi.