Yaponiya Oʻzbekiston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Boshqa mamlakatlar kompaniyalariga ham
Foto: Unsplash

Yaponiya hukumati Oʻzbekiston, Xitoy va boshqa bir qancha mamlakatlar kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «TASS» nashri Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasu Xayasiga tayanib xabar bermoqda.

Tokioga koʻra, ushbu mamlakatlar korxonalari Rossiya Federatsiyasiga mamlakatning Ukrainaga bostirib kirishi sababli joriy qilingan sanksiyalarni chetlab oʻtishda yordam bermoqda.

Ma’lumot uchun, oʻtgan yilning dekabr oyi oʻrtalarida Yaponiya Oʻzbekistonning ikki kompaniyasi – «GFK Logistic Asia» va «Alfa Beta Creative»ni qora roʻyxatga kiritgan edi. Shuningdek, Tokio Rossiya va Belarus kompaniyalariga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilgan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yil fevral oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston bir kompaniyasini sanksiyalar roʻyxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek