15-iyun kuni O‘zbekistonda havo quruq va issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: aoblov@aitek.ru / www.depositphotos.com

Bugun, 15-iyun kuni poytaxt va Farg‘ona vodiysidan tashqari har bir viloyatda kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 34-36 issiq va kechasi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 22-27 daraja iliq va kechasi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek