Yangiliklar

Afg‘onistonda 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila Toshkent va O‘zbekistonning boshqa aholi punktlarida sezilmadi
Rasm: Destinacigdem / depositphotos.com

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:39 da Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila kuchi 4,8 magnitudani, chuqurligi 160 km.ni tashkil qilgan. Zilzila o‘chog‘idan O‘zR poytaxtigacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 555 km.

Zilzila Toshkent va O‘zbekistonning boshqa aholi punktlarida sezilmadi.

Avvalroq «Kursiv» shu hafta boshida O‘zbekiston aholisi epitsentri Tojikistonda bo‘lgan yer silkinishini his qilganini e’lon qilgan edi.