O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37,1 mln kishiga yaqinlashdi
eʼlon qilindi
2,5 oy ichida respublikada qariyb 133 mingga aholi ko‘paydi
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 15-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37,1 mln kishini tashkil qildi.
Taqqoslash uchun: 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 37 mln kishidan kam edi. Bu 2,5 oyda respublikada qariyb 133 ming nafarga ko‘payganini anglatadi.
Statistik ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki, OʻzRda erkaklar soni (18,6 mln) ayollardan (18,4 mln) koʻp.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda qariyb 962 ming bola dunyoga kelgan. 172,8 ming kishi vafot etgan. Aholining tabiiy o‘sishi 790 ming kishini tashkil etdi.