Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Registon maketini sovg‘a qildi – video

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
O‘zbekiston rahbari uni Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Rasm: Ramzan Qodirov Telegram kanalidagi videodan skrinshot

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Samarqanddagi Registon ansambli maketini sovg‘a qildi. Bu haqda Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston rahbari sovg‘asini «Axmat» Osiyo jangovar ligasi faxriy prezidenti Oybek Norinboyev va ushbu tashkilot prezidenti Nodir Qodirov topshirishdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Shavkat Mirziyoyevning kirib kelayotgan muqaddas musulmon bayrami – Qurbon hayiti munosabati bilan tabriklari yetkazildi.

«Qardosh O‘zbekiston qanchalik rivojlanib, dunyoning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanayotganidan barchamiz xursandmiz. Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakat izchil taraqqiyot va farovonlikning yangi vektoriga ega bo‘ldi», dedi Ramzan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning may oyida Ramzan Qodirov Toshkentga tashrif buyurgan edi va otasi O‘zbekistonda o‘qiganini esladi.

Shuningdek