So‘m mustahkamlanmoqda: dollar  narxi haftasiga 0,16 foizga pasaydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Amerika valyutasining eng past kursi 11-iyun kuni qayd etildi.
Rasm: alfexe / depositphotos.com

O‘zbekistonda Amerika valyutasi tushmoqda. O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida kurs 0,16 foizga pasaydi.

7-iyun, juma kuni O‘zRVBda bir dollarning o‘rtacha qiymati 12 646,87 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy savdo haftasi yakuniga ko‘ra qiymati 12 627,02 so‘mgacha pasaydi. Amerika valyutasining hafta davomidagi eng past kursi 11-iyunda qayd etilgan – 12 598,05.

Birjada AQSH dollari qiymatining bunday pasayishi mamlakat banklaridagi Amerika valyutasining kursiga ham ta’sir qiladi. Bir hafta oldin ayrim moliya muassasalarining kassalarida dollar 12 720 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, joriy hafta oxiriga kelib 12 640 so‘mdan topish mumkin.

O‘zRVBda dollar kursining o’zgarishi

Grafik tasvir: O‘zRVB

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘mning mustahkamlanishi may oyining so‘nggi o‘n kunligida ham kuzatilgan edi. Bahorning so‘nggi kunida dollar kursi 12600 so‘mdan pastga tushgan edi.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi oxirigacha dollar kursi prognozini elon qilgan edi.

Shuningdek