Ushalmagan chet el orzusi: Toshkentda AQSHga $17 ming evaziga joʻnatishni va’da qilgan firibgar qoʻlga olindi
Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaroga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda poytaxt IIBB saytida xabar berildi.
Tergov davomida aniqlanganidek, fuqaro internet platformalaridan foydalanib, AQShda ish topishni taklif qilgan e’lonlarni joylashtirgan. O‘zining «xizmatlari» uchun u mijozlardan Meksika bo‘ylab harakatlanishda yordam berishni va’da qilib, $17 ming talab qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi ishni ko‘rib chiqib, fuqaroni O‘zR Jinoyat kodeksining 168-moddasiga («Firibgarlik») asosan har oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolingan holda, 1,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi.
Avvalroq «Kursiv» ISHID bilan aloqalari tufayli AQSh sanksiyalariga duchor bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi haqida e’lon qilgan edi.