Hafta yakunlari: «Hisorak» suv omboridagi hodisa, so‘mning mustahkamlanishi, kriptovalyuta uchun jazo, «Anora» filmiga izoh

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Andijondagi «Dunyo sadolari» festivaliga Eminem va Tarkan kelmasligi ma’lum boʻldi

Rasm: Xonoboddagi 2023-yilgi festival / Foto xabar.uz

Andijon viloyati Xonobod shahrida boʻlib oʻtadigan «Dunyo sadolari» festivalida ishtirok etadigan yulduzlar roʻyxati ma’lum qilindi. Unda Tarkan, Modern Talking, Psy va Eminem roʻyxatdan olib tashlandi. Bu haqda viloyat matbuoti xabar bermoqda.

Qanday hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin va ularning narxi qancha

Iyun oyining oʻrtalarida islom olamida Qurbon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar orasida Qurbon hayiti bayrami arafasida jonliq soʻyib, qurbonlik qilish an’anaga aylangan. «Kursiv» nashri Oʻzbekistonda qurbonlik qilinadigan hayvonlar qancha turishini aniqladi.

Shariat qoidalariga koʻra, toʻrt xildagi hayvon — echki, qoʻy, qoramol va tuyaning erkagini ham, urgʻochisini ham qurbonlik qilish mumkin.

Kriptoaktivlarni noqonuniy sotgan talaba 10 kunga qamaldi

Rasm: depositphotos.com

7-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi Termiz davlat universitetining 24 yoshli talabasiga Notcoin kriptovalyutasini noqonuniy ravishda sotgani uchun hukm chiqardi. «Kursiv»da sud qarorining nusxasi bor.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $36,6 milliardga yetdi

Rasm: Unsplash

Respublika Markaziy banki (MB) ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil iyun oyi boshida Oʻzbekistonning oltin-valyuta aktivlari $36,6 milliardga baholangan, bu bir oy avvalgiga nisbatan $1,5 milliardga koʻpdir.

Yangi o‘quv yili uchun birinchi sinfga qabul qachon boshlanadi

Rasm: Unsplash

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun birinchi sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi, deb xabar qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

AQSh vizalarini rasmiylashtirishning yangilangan tizimidan O‘zR fuqarolari foydalanishi mumkin

Rasm: depositphotos.com

Joriy yilning 10-iyunidan boshlab AQSh vizasini rasmiylashtirishning modernizatsiya qilingan tizimi O‘zbekiston fuqarolari uchun mavjud bo‘ldi, deb xabar bermoqda Amerikaning O‘zRdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Elektromobilni xonadonda quvvatlash uchun tungi tarif joriy qilinadi

Rasm: depositphotos.com

O‘zbekistonda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlgan yigʻilishda ma’lum qilindi.

Fitch: Oilaviy biznesga berilgan kreditlar O‘zbekistondagi ayrim banklarda katta yo‘qotishlarga olib keldi

Rasm: depositphotos.com

O‘zbekistonda kreditlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish chakana kreditlash bozoridagi risklarni kamaytirishi va banklarning portfellari sifatini bosqichma-bosqich yaxshilashi kerak. Ushbu xulosalar «Fitch» reyting agentligining yangi tahliliy sharhida e’lon qilindi.

Qashqadaryoda «Hisorak» suv omboridan suv sizib chiqdi, lekin vaziyat nazoratga olingan – video

Rasm: Visit Kashkadarya

10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan «Hisorak GES» UK boshqarmasiga qarashli «Hisorak» suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

UZBAT dividendlar to‘lash uchun 554,5 mlrd so‘m ajratadi

Rasm: depositphotos.com

Korporativ axborot portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga koʻra, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi UZBAT 2023-yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlash uchun 554,5 mlrd soʻm ajratadi.

Surxondaryoda Oʻzbekiston va xitoylik arxeologlar shahar xarobalarini topdi

Rasm: Madaniy meros agentligi

Samarqand arxeologiya instituti va Xitoyning Shimoli-gʻarbiy universiteti arxeologlari yoshi ikki ming yil boʻlgan qadimiy shahar xarobalarini aniqladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Oʻzbekistonda ikkilamchi bozorida uy-joy narxi 10 foizga oshdi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

Oʻzbekistonda may oyida ikkilamchi uy-joylar narxi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,3 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) xabar berdi.

O‘zbekistonda 30 Seconds to Mars konsertiga chiptalari sotuvi boshlandi

Rasm: Anthony Harvey / Getty images

O‘zbekistonda Amerikaning 30 Seconds to Mars rok guruhining konserti uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Tadbir 17-oktabr kuni «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston fond bozorida yozning birinchi haftasi «issiq» bo‘lmadi

Rasm: depositphotos.com

Iyun oyining birinchi haftasida Toshkent Respublika fond birjasi UCI indeksi 5,2 foizga pasaydi. Yuqori likvidli aksiyalar orasida «Ipak Yo‘li» banki aksiyalari eng ko‘p pasaygan. O‘zRning eng ommabop qimmatli qog‘ozlarining kotirovkalari qanday o‘zgargani haqida «Kursiv» maqolasida o‘qing.

«JCH – 2026» saralashi. Oʻzbekiston Eron bilan durang qayd etdi

Rasm: O‘FA

Futbol boʻyicha Eron va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash turniri ikkinchi bosqichining soʻnggi uchrashuvi durang bilan yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.

«Hisorak» suv omboridagi vaziyat haqidagi mish-mishlar bois jinoiy ish ochilgan

Rasm: Visit Kashkadarya

O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi kamida ikki nafar fuqaroga «Hisorak» suv omboridagi vaziyat haqida yolg‘on xabar tarqatgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi viloyat ichki ishlar boshqarmasi.

Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosidan foydalanish bepul boʻladi

Rasm: Transport vazirligi

Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni ish faoliyatini odatdagidan ikki soat oldin boshlaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar bermoqda.

Ekspert Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining O‘zR va Qg‘R uchun risklar haqida gapirdi

Rasm: Sputnik

Qg‘R va O‘zR Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lishmaydi va uning faoliyatining moliyaviy siyosatini to‘liq shakllantira olmaydi, bu haqda RXXDXA xalqaro tijorat va logistika departamenti rahbari, JIXMI yetakchi tadqiqotchisi Aza Migranyan Logistan Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Samarqandda drift bo‘yicha O‘zR birinchi chempionati bo‘lib o‘tadi

Rasm: Unsplash

14-16-iyun kunlari «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida drift bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zA axborot agentligi.

1-iyuldan «Nasaf», «Sharq», «Oʻzbekiston» poyezdlarida chipta narxlari 25 foizga oshiriladi

Rasm: O‘zbekiston temir yo‘llari

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ joriy yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — «Nasaf», «Sharq», «Oʻzbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

«Kursiv Uzbekistan» ESG-forumini o‘tkazadi

Rasm; Kursiv

«Kursiv Uzbekistan» xalqaro biznes nashri Toshkentda «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumini o‘tkazadi. Forumning rasmiy hamkori UN Global Compact boʻladi.

Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan o‘zbekistonliklar soni kamaydi

Rasm: Irinaba118/ depositphotos.com

O‘zbekiston qurilish sohasida ish haqi miqdori Rossiya Federatsiyasining (RF) qator viloyatlari bilan teng. Bu davlatga oʻzbekistonlik ishchilar oqimi kamayishi mumkin, dedi OʻzR Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boʻlim boshligʻi Alisher Roʻziev.

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 14 – 28 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 14 – 28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratbay Sharipov ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Pavel Durov Issiqko‘lga keldi

Rasm: @durov / Instagram

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Issiqko‘l kurortida. Bu ma’lumotni Kaktus.media bilan biznes doiralarning bir qancha manbalari boʻlishdi.

Yengil avtomobillar savdosi yana o‘sishni boshladi

Rasm: Piqsels

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozorining so‘nggi tahlilini taqdim etdi. Joriy yilning may oyida u 14 foizga o‘sdi va 101 ming donani tashkil etdi.

Nima sababdan Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi

Rasm: Markaziy Bank

Markaziy bank boshqaruvi 13-iyun kungi yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar bermoqda.

Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan Oʻzbekistonga keldi

Rasm: Telegram / Bekzod Hidoyatov

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 13-iyun kuni rafiqasi bilan birga Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Paynet Crypto litsenziyasi to‘xtatildi

Rasm: Stable Diffusion

Paynet Crypto kripto depozitariysining litsenziyasi o‘n kunga to‘xtatildi, deb xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

May oyida 42 ta eksportchi kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

May oyida oʻz xizmatlarini eksport qiluvchi 42 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi, deb xabar qildi texnoklaster matbuot xizmati.

May oyida o‘zbekistonliklarning so‘mga ishonchi oshdi

Rasm: Skorzewiak/www.depositphotos.com

«Freedom Finance Global» ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin 12 oy ichida dollar kursi oshishiga ishongan fuqarolar ulushi 71,4 foizdan 63,4 foizga kamaydi. Bu 2023-yil noyabridan beri eng past ko‘rsatkichdir.

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l qurilishi uchun Yevropadan mablag‘ jalb qilishmoqchi

Rasm: Transport vazirligi

Oʻzbekiston hukumati Qiziloʻrda – Uchquduq temir yoʻl liniyasi loyihasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgiladi, deb xabar qildi respublika Transport vazirligi.

UzAuto Motors Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy qildi

Rasm: chevrolet.uz

UzAuto Motors tomonidan Onix va Tracker avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy etilmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Bayram va dam olish kunlari ishlaydigan banklar roʻyxati e’lon qilindi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Kinematografiya agentligi o‘zbekistonlik striptizchi ishtirokidagi «Anora» filmiga izoh berdi

Rasm: Meduza

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi joriy yilning may oyida Kannda «Oltin palma yaprogʻi»ni olgan «Anora» filmi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Yaponiya Oʻzbekiston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

Rasm: Unsplash

Yaponiya hukumati Oʻzbekiston, Xitoy va boshqa bir qancha mamlakatlar kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «TASS» nashri Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasu Xayasiga tayanib xabar bermoqda.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotlarni imzoladi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Seok Yol maxsus strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Shaxmat bo‘yicha «UzChess Cup – 2024» turnirining «Masters» guruhi g‘olibi aniqlandi

Rasm: UzChess Telegram kanali

6-iyun kuni Toshkent shahrida start olgan sovrin jamg‘armasi $166 mingni tashkil qiluvchi «UzChess Cup – 2024» turniring «Masters» guruhida Nodirbek Yoqubboyev so‘nggi turda bahsni durang bilan yakunlab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi «Uzchess» telegram kanali.

So‘m mustahkamlanmoqda: dollar  narxi haftasiga 0,16 foizga pasaydi

Rasm: Piqsels

O‘zbekistonda Amerika valyutasi tushmoqda. O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida kurs 0,16 foizga pasaydi.

Shuningdek