Yangiliklar

Xitoyda $8 mingga yangi Geely Coolray krossoveri taqdim etildi

Super Edition 126 ot kuchiga ega
Foto: www.autohome.com

Geely yana bir bor mashhur Coolray krossoverini yangiladi, u Super Edition deb nomlanadi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Super Edition 126 ot kuchiga va 1,5 litrli atmosfera benzinli dvigatelga ega.

Ammo oddiy Geely Coolray mos ravishda 141 va 181 ot kuchiga ega 1,4 va 1,5 litrli turbo dvigatellar bilan jihozlangan. Birinchisi olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Ikkinchisida robot qutisi bor.

Yangi avtomobil oddiy, klassik qora va kulrang ranglar bilan yangi interyer dizayniga ega. Mashinada qora charm o‘rindiqlar va ko‘p funksiyali rul ham mavjud.

Super Edition narxi 60 ming yuandan ($8 mingdan sal ko‘proq) boshlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Euro NCAP xavfsizlik darajasida yetakchi bo‘lgan Xitoyning Zeekr avtomobillari haqida yozgan edi.