Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi

eʼlon qilindi
Bu haqda “RBK” tadbirkor vakiliga tayanib xabar bermoqda.
Foto: Meduza

Asli oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi. Bu haqda «RBK» tadbirkor vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Usmonov vakilining ta’kidlashicha, «UBS Europe» 2018 – 2022-yillarda Germaniya bojxona bosh boshqarmasining Moliyaviy monitoring departamentiga milliarderning moliyaviy operatsiyalari haqida oʻndan ortiq xabarnomalar yuborgan.

Rossiyalik milliarderning ta’kidlashicha, bankning xatti-harakatlari Usmonovning obroʻsiga katta putur yetkazgan. Bundan tashqari, UBS Europe bildirishnomalari 2022-yilda Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov va tintuvlarga olib keldi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning iyun oyida Germaniya sudi «Tegernseer Stimme» nashriga Usmonovni Tegernze koʻlidagi villa egasi deb atashni taqiqlagan edi.

17-iyun holatiga koʻra, Alisher Usmonov «Forbes» talqini boʻyicha dunyoning eng boy odamlari reytingida 143-oʻrinni egallab turibdi. Nashrning hisob-kitoblariga koʻra, milliarderning kapitali 2023-yilda $14,4 milliardni tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» Usmonov Germaniya prokuraturasini jinoiy ishda ayblagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek