«Apple» kompaniyasi 2025-yilda ancha yupqa iPhone 17 smartfonini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Business Today» portali «Bloomberg» nashri tayanib xabar bermoqda
Apple 2025-yilda ancha yupqa iPhone 17 smartfonini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyaning umumiy dizayn falsafasi oʻzgarib, eski dizayn uslubiga qaytishini anglatadi.
May oyida Apple yangi ultra yupqa iPad Pro’ni taqdim qilgan edi. Ushbu planshet avvalgi modellar kabi ishlashni saqlab qoldi, lekin yaxshi ekran va kuchli M4 chipiga ega edi. Bu Apple oʻz qurilmalarini muhim funksiyalarini yoʻqotmasdan yupqaroq qilayotganini anglatadi.
Hisobotda ma’lum qilinishicha, Apple bugungi kunda iPhone 17 smartfoni bilan birga Apple MacBook Pro hamda Apple Watch qurilmalarini ham yupqaroq qilish ustida ishlamoqda.
iPhone 16 smartfoning Pro modellarida kattaroq displeyni joriy etish orqali sezilarli oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Bunda iPhone Pro Max 6,7 dyuymli displeydan 6,9 dyuymli displeyga oʻtishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Apple sun’iy intellekt texnologiyasi Intelligence tizimini taqdim qilgani haqida xabar bergan edi.