Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatgan fuqarolarga amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi

eʼlon qilindi
Uch yil muddatga
Foto: AndreyPopov / Depositphotos

Iste’molchilarga energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatganliklari uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Energetika vazirligi hukumat qaroriga tayanib xabar bermoqda.

Buning uchun «Oʻzenergoinspektsiya»ga elektr jihozlarini tejamkor qurilmalarga almashtirish jadvalini yuborish kerak. Boʻlim arizani oʻn kun ichida koʻrib chiqadi.

Shu bilan birga, energiya tejamkor uskunalarni ishga tushirish natijasida tejalgan elektr energiyasi hajmlari energetik auditor tomonidan oʻrganiladi.

Energetika auditorining ma’lumotlari «Oʻzenergoinspektsiya» va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa chiqarilgan kundan boshlab chegirmalar qoʻllaniladi.

Avvalroq «Kursiv» gaz va elektr energiyasining yirik iste’molchilari auditdan oʻtishga majbur boʻlishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek