«Loong Air» aviakompaniyasi Siandan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi
                    
                            
Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi ilk bor Siandan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda «Air Marakanda» matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand aeroportida yetib kelgan yoʻlovchilar uchun tematik foto zona tashkil etilib, oʻzbekona uslubda choy ichish marosimi tashkil etildi.
Ikki shahar oʻrtasidagi reyslar haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Loong Air 2012 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻz faoliyatini yuk tashishdan boshlagan. Aviakompaniya Xitoydan tashqari Kambodja, Bangladesh va Janubiy Koreyaga ham reyslarni amalga oshiradi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston yiliga 1 million xitoylik sayyohni jalb qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
