Oʻzganing plastik kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi
Foto: kingqjl / Depositphotos

Toshkent shahrida 28 yoshli ayolning bank kartasidan jami 110 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro jabrlanuvchining qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini Click xizmati xodimi sifatida tanishtirgan. Shundan so‘ng uning bank plastik kartasiga kiberhujum boʻlayotganini aytib, «SMS» xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, 110 mln soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olganligi ma’lum boʻldi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Avvalroq «Kursiv» firibgarlikning yangi turi paydo boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek