«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi ilk bor Samarqand va Irkutsk oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda «Air Marakanda» matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftada bir marta — yakshanba kunlari «Airbus 320′ samolyotlarida amalga oshiriladi.
17-iyun holatiga ko‘ra, ekonom-klass uchun chiptalar narxi 6,7 million soʻmdan, biznes-klassda esa 10 million soʻmdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi Siandan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshidan «Qatar Airways» Oʻzbekiston va Qatar poytaxtlari oʻrtasida muntazam parvozlarni boshlagani haqida xabar bergan edi.