«Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» temir yoʻlining xaritasi qanday boʻladi

eʼlon qilindi
Shartnomaga ko‘ra
Foto: peterway / Depositphotos

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston» temir yoʻli Qashgʻardan Andijongacha davom etadi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston bitimga tayanib xabar bermoqda.

Hujjatga koʻra, temir yoʻl Qashgʻar (Xitoy) – Torugart (Qirgʻiziston) – Makmal (Qirgʻiziston) – Jalolobod (Qirgʻiziston) – Andijon (Oʻzbekiston) yoʻnalishida boʻladi.

Shuningdek, qoʻshma loyiha kompaniyasi ham tashkil etiladi. Aksiyalarning 51 foizi «Xitoy temir yoʻllari»ga, qolgan 49 foizi «Qirgʻiz temir yoʻli» va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik kompaniyalariga teng, ya’ni 24,5 foizdan taqsimlanadi.

Eslatib oʻtamiz, temir yoʻl qurilishi joriy yilning avgust oyi oxirida boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha uchun Xitoyning «China Railway International» kompaniyasi mas’uldir. Shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Xitoydan Oʻzbekistonga boʻladigan temir yoʻl uzunligi 450 kilometrdan ortiqroq boʻladi. Loyiha qiymati $4,7 milliardga baholanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Transafgʻon avtomagistralini 2027-yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek