Beeline Uzbekistan mobil aloqani tikladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Kompaniya avariya-tiklash ishlari yakunlanganini e’lon qildi
                    
                            
«Beeline Uzbekistan» kompaniyasi avariya-tiklash ishlari yakunlangani haqida xabar berdi.
So‘nggi salkam 3 soat ichida tarmoq uzilishlari kuzatildi. Bu haqda avvalroq internetdagi foydalanuvchilar xabar bergan edi.
«Mobil internet va boshqa xizmatlar barqaror holatga qaytdi», deya kompaniya ma’lum qildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston mobil internet mavjudligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylangani xabar qilgan edi.
