Hyundai va Kia dvigatellari yonib ketgan avtomobil egalariga tovon puli to‘laydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kompensatsiya olish uchun ariza 8-iyulgacha topshirilishi kerak
Foto: tommaso1979 / www.depositphotos.com

Hyundai va Kia modellarining egalari jamoaviy da’voni hal qilgandan keyin Qo‘shma Shtatlarda tovon olish huquqiga ega. Kompensatsiya olish uchun avtomobil egalari 2024-yil 8-iyulgacha Kia Engine Class Settlement veb-sayti orqali ariza topshirishlari kerak.

Da’voda Kia va Hyundai’ning ba’zi modellaridagi dvigatellar nosoz ekanligi aytilgan. Masalan, ular to‘xtab qolishi, ishdan chiqishi va yonishi ham mumkin. Bundan tashqari, ba’zi avtomobil egalariga kafolatlar to‘lanmagan.

To‘lovning aniq miqdori oshkor etilmagan bo‘lsa-da, nuqsonli modellar egalari tovon pulini oladilar. Bunga ta’mirlash, shuningdek, barcha transport va turarjoy xarajatlari kiradi.

Avvalroq «Kursiv» dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan «Hyundai Motor Company» Sirdaryo viloyatida «Asaka Motors» bilan birgalikda avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi. O‘zbekistonda allaqachon Kia avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 2024-yilning to‘rt oyida konveyerdan 40 foizga ko‘proq avtomobil chiqdi.

Shuningdek