Amerikalik biznesmen Ilon Mask kelajakda odamlar Neuralink miya chipi foydasiga telefonlardan voz kechishlarini aytdi.
«Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink», deb yozgan u X Platformasida.
Eslatib o‘tamiz, neyrochip olgan birinchi bemor 30 yoshli Nolan Arbo bo‘lib, baxtsiz hodisadan keyin yelkasidan past qismi falaj bo‘lib qolgan edi. Yanvar oyi oxirida unga Neuralink qurilmasi joylashtirildi. Mart oyida kompaniya Arboning Neuralink yordamida kursorni boshqarayotganda noutbukda onlayn shaxmat o‘ynayotgani tasvirini ko‘rsatdi. Biroq may oyida Arboning miyasiga o‘rnatilgan elektrodlar tananing immun reaksiyasi tufayli qisman ishlamay qolgani va ularni olib tashlashga to‘g‘ri kelgani ma’lum bo‘ldi.