19-iyun kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida havo harorati +41 darajagacha issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: Pixelery.com /www.depositphotos.com

Bugun, 19-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzi havo +41 darajagacha issiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Boshqa viloyatlarda havo harorati 35-37 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 35-37 daraja issiq va kechasi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo 15-20 daraja iliq va kechasi 9-14 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek